Онлайн трансляция

"БУНЁДКОР" - "ШАХТЁР" (Солигорск, Белорусь)

13 февраль. Анталия. "Blue waters" меҳмонхонаси стадиони. Соат 19:30

Саҳифа ҳар 1 дақиқада автоматик янгиланади.

'
E'tiboringiz uchun rahmat
'
O'yin tugadi. Hisob ochilgani yo'q 0:0
86'
Salomov bir futbolchini aldab o'tdi. Ammo so'nggi pasni aniq yo'llay olmadi
81'
Komarovskiyning kuchli zarbsini Nesterov urib yuborishga muvaffaq bo'ldi
76'
Rajabov qo'pollik bilan to'xtatildi. Aks holda u darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borayotgan edi
68'
Emil Kenjisariev uzatgan pasni Anvarjon Soliev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Lekin noaniq
66'
Sahob Jo'raev o'z o'rnini Javlon Mirabdullaevga bo'shatib berdi
64'
Bunyodkor to'pni o'zida saqlab turibdi. Lekin raqib pressing qo'llab oldinga o'tishga imkon berayotgani yo'q
60'
Filiposyan, Karni va Pardaev tark etishdi. Ular o'rnini Jorjevich, Salomov va Rajabov to'ldirshdi.
58'
Karnini bu safar ham o'yin qoidasini buzishgan holda to'xtatib qolishdi.
54'
Karpenkodan to'pni qabul qilib olgan Soliev Pardaevni oldinga boshladi. Biroq Bahodir sherigini pasini kutmagandi.
52'
Jarima zarbasidan oshirilgan to'pni Filiposyan boshi bilan darvozaga. To'p darvozaga to'riga tashqi tomondan tegdi
49'
Pardaev to'pga ohirigacha kurashdi VA raqibdan olib qo'ydi. Biroq alamzada himoyacha Bahodirni chalib yiqitdi
48'
Jan Kozak va Kamoliddin Murzoev o'rniga Emil Kenjisariev va Anvarjon Soliev maydonga tushdi
46'
Ikkinchi bo'lim boshlandi
'
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha o:0
39'
Karni ikki bor juda ajoyib paslari bilan futbolchilarni qulay vaziyatga chiqardi.
39'
Karni ikki bor juda ajoyib paslari bilan futbolchilarni qulay vaziyatga chiqardi.
32'
Karni birgina aniq pasi bilan Murzoevni qulay vaziyaga chiqardi. Ammo Kamoliddin to'pga yetib kelolmadi
29'
Xachaturyan tepgan to'pni Nesterov egallab oldi
27'
Devid Karni juda chiroyli tarzda raqibni aldab o'tdi. Ammo Sitko uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi
24'
Karpenkoning burchakdan uzatgan pasini Pardaev ohistagina darvozaga yo'lladi. Salgina noaniq
23'
Chap qanotdan ikki futbolchi hujumga o'tdi. Biroq Shorahmedovning bir o'zi raqib a'zolaridan to'pni olib qo'ydi
22'
Kozakning o'tkir burchak ostidan turib yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi
18'
Murzoev va Osipenko to'qnashib ketishdi. Hayriyatki kech kim jarohat Olgani yo'q
15'
Komorovskiy tepgan to'p Kozakka tegib maydonni tark etdi
13'
Karpenkoning kuchli zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.
11'
Pardaev to'pni Murzoevga aniq etkazib berolmadi. Aks holda hisob ochilishi mumkin edi
09'
Raqib maydon markazidan hujumlar qilishga urinmoqda
'
Shaxtyor tarkibi
Tsigalko
Kolomish
Yanushkevich
Rojkov
Grenkov
Rios
Sitko
Komorovskiy
Yanush
Xachaturyan
Osipenko
03'
O'yinning ilk daqiqalaridan boshlab uchrashuv juda tezkor hujumlar ostida davom etmoqda
01'
O'yin boshlandi
'
Bunyodkor tarkibi:
Nesterov
Shorahmedov
Filiposyan
Karimov
Jo'raev
Kozak
Karpenko
Melziddinov
Karni
Pardaev
Murzoev
'
Bunyodkor va Belorus vitse-chempioni Soligorskning Shaxtyor jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan matnli on-layn translatsiyamizni boshlaymiz
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari